31 yoshli yigit IIB xodimiga jarohat yetkazdi

0

2021 yil 24 iyun kuni Paxtachi tumani “Ziyovuddin” shaharchasi “Abdulla Qodiriy” ko'chasida yashovchi, muqaddam O'zbekiston Respublikasi JKning 140-moddasi 1-qismi, 277-moddasi 1-qismi va 109-moddasi 1-qismlari bilan sudlangan, 1991 yilda tug'ilgan A.O., “Ziyovuddin” temir yo'l bekatida ruda toshlari ortilgan yuk vagoniga chiqib, ruda qazilma toshlarini yashirin ravishda talon-taroj qilayotganida, holatni shu yerda xizmat olib borayotgan kichik serjant K.Rasulov ko'rib qolib, A.O. ni to'xtatgan.

Fuqaro IIB xodimiga faol qarshilik ko'rsatib, kichik serjant K.Rasulovga tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan A.O.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, O'zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

loading...