Ananas ozishga yordam beradimi?

0

Amerikalik parhezshunoslar va to'g'ri taomlanish sohasi mutaxassislari ananasning haqiqatan ham ozishga yordam berishini aytib o'tishdi.

Ushbu meva kam kaloriyali mahsulotlardan biri hisoblanadi. Uning 100 grammi tarkibida bor-yo'g'i 52 kkal mavjud, xolos. Biroq uglevod iste'molini kamaytirish istagida bo'lganlar ananasni ehtiyotkorlik bilan iste'mol qilishlari kerak.

Shifokor ananas tarkibida bromelayn fermenti ham mavjud ekani, ushbu ferment organizm tomonidan ozuqaviy moddalar singdirilishi jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatishini aytib o'tgan. “Bromelayn yog'ni eritishga yordam beradi, deyishadi. Nima uchun? U oqsilni aminokislota darajasigacha parchalaydi va organizmga yog'dan quvvat olishga imkon beradi”, dedi mutaxassis.

Ananas tarkibining 86 foizini suv tashkil qiladi, shu sababli terini namlantirish xususiyatiga ega. Ushbu meva marganesga ham boy bo'lib, u organizm tomonidan ovqat hazm qilish jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, marganes yog'lar hamda uglevodlar metabolizmini nazorat ostida ushlashga yordam beradi.

loading...