Hindistonda ahvol og'ir

0

Hindistonda mukormikoz («qora zamburug'») bilan kasallanish bo'yicha 40 845 ta holat aniqlandi, ushbu infeksiya tufayli 3129 kishi vafot etdi. Bu haqda Hindiston Sog'liqni saqlash vazirligiga tayanib, «RBK» xabar berdi.

«Qora zamburug'» bilan kasallanganlarning 34 344 nafarida kasallik burun bo'shlig'ida rivojlangan, bu esa miyaga ta'sir qiladi.

May oyida Hindistonning Rajastan va Telangana shtatlari mukormikoz epidemiyasini e'lon qildi — zamburug' kasalligi birinchi navbatda, koronavirus bilan og'riganlarda qayd etilgandi.

Ma'lumot uchun, mukormikoz tabiatda keng tarqalgan mikroskopik zamburug'lar (mukormitsetlar) keltirib chiqaradigan noyob infeksiya. Ular tuproqda yashaydi, ko'pincha chirigan o'simliklar va sabzavotlar yuzasida ajralib turadi.

Hindistonda COVID pandemiyasi fonida odamlarning xavfli zamburug'larga chalinish holatlari ko'paydi. Mamlakatda koronavirus tarqalishining ikkilamchi ta'siri sifatida paydo bo'lgan «qora zamburug'» epidemiyasi fonida yana bir zamburug' kasalligi aniqlandi, u mamlakatda «oq zamburug'» deb ataladi.

May oxirida Hindiston shifokorlari koronavirusga chalingan bemorda zamburug' infeksiyasining uchinchi turi — «sariq zamburug'»ni aniqladi. Mamlakatda «sariq zamburug'» bilan kasallangan birinchi bemor vafot etdi.

Iyun o'rtasida esa Hindistonda COVID-19’ga chalingan bemorda «yashil zamburug'» aniqlandi.

Ayni paytda mamlakatda 30,2 milliondan ortiq kishida COVID-19 qayd etilgan, shulardan 396 mingdan ortig'i vafot etgan.

loading...