Qashqadaryoda «Neksiya 3» bobo va nabirani urib yubordi

0

Qashqadaryoda «Neksiya 3» mashinasi velosipedni urib yuborishi natijasida nabira va uning bobosi vafot etdi. Bu haqda viloyat YHXBB xabar qilmoqda.

2021 yil 23 iyun kuni soat taxminan 17:30 lar chamasi Kitob tumanidan o'tuvchi 4K271 avtomobil yo'lining 9 kilometrida «Neksiya 3» avtomobili haydovchisi velosipedni urib yuborib, YTH sodir etadi. Natijada ushbu velosipedni boshqarib kelayotgan kishi va uning voyaga yetmagan nabirasi og'ir tan jarohati olib vafot etadi.

«Mazkur YTH yuzasidan Kitob tumani IIB tergov bo'limi tomonidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda», deydi Qashqadaryo viloyat IIB YHXB axborot guruhi rahbari Javlon Baxtiyev.

Haydovchining so'zlariga ko'ra, 50-60 metr masofada velosipedni ko'rgan, ammo oradagi masofa yaqin qolganida velosiped uning qarshisiga chiqqan.

loading...