Zidan Fransiyani boshqaradimi?

0

Madridning «Real» klubi sobiq murabbiyi Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasida Didye Deshamning o'rnini egallashi mumkin.

Zidan bu ishga qiziqmoqda, shu sabab u taklifni ko'rib chiqishga tayyor. Deshamning Fransiya termasi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, fransuzlar Yevro-2020 1/8 finalida Shveysariya (3:3 asosiy vaqtda)ga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berishdi.

loading...