TikTok barcha foydalanuvchilar uchun yuklanadigan videoroliklar davomiyligini 3 daqiqaga qadar oshiradi

0

TikTok ijtimoiy tarmog'i o'z foydalanuvchilariga videoroliklar davomiyligini uzaytirish imkoniyatini taqdim etdi. Oldinlari bundan faqat cheklangan miqdordagi tiktokerlar foydalana olardi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq press-reliziga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.

«Yaqin bir necha haftada biz TikTok’dagi barcha uchun davomiyligi uzun bo'lgan videolarni yaratish, shuningdek, xalqaro hamjamiyatimizga TikTok’da davomiyligi uch daqiqagacha bo'lgan videoroliklarni bevosita tasvirga olish, yuklash va tahrirlash kabi erkin harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etamiz», — deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, funksiya ishga tushishi bilan foydalanuvchilarga yangi imkoniyat haqida xabarnoma boradi.

Ayni vaqtda TikTok’ga davomiyligi 1 daqiqadan oshmaydigan videolarni yuklash mumkin, xolos.

Avvalroq YouTube sarlavhalar, izoh va subtitrlarni foydalanuvchi tiliga avtomatik tarjima qiladigan funksiyani sinovdan o'tkazayotgani, Instagram Stories’da avtomatik subtitrlarni joylashtirish funksiyasi paydo bo'lishi to'g'risida xabar berilgandi.

loading...