«O'zgidromet» xabariga ko'ra, bugun 6 iyulda O'zbekistonda issiq ob-havo saqlanib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida kechga tomon ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 38-43° atrofida bo'lib, shimolda, janubda va cho'l hududlarda 44-46° gacha isiydi.
Poytaxtimizda kechga tomon qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo xarorati 41-43° gacha isiydi.
Respublikaning tog'li hududlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-34° bo'ladi.