1 iyundan pensiya va nafaqalarni tekshirishda aniqlangan ortiqcha to'lovni undirish bekor qilindi

0

Bu haqda Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi axborot xizmati  ma'lum qilmoqda.

Moliya vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining  topshiriqlari bilan kameral nazorat tekshirishlari natijasida aniqlangan ortiqcha to'lovlarni undirilishi monitoring qilingan.

Ushbu ortiqcha to'lovlarning aksariyati fuqaroning aybi bo'lmagan holdagi texnik xato yoki arxiv hujjatlarini to'liq saqlanmaganligi natijasida yuzaga kelgan.

Shuningdek, pensiya ishlarining asosiy qismi bir necha yil avval tayinlanganligi sababli pensionerlardan yirik (pensiya miqdorining bir necha barobari) miqdorda ortiqcha to'lovlar undirish talab etilmoqda.

Shunga ko'ra, 2021 yil 1 iyundan boshlab uch yil va undan avval tayinlangan yoki qayta hisoblangan pensiya ishlarini tekshirish hamda ortiqcha to'lovlarini fuqarolardan undirish tartibi bekor qilindi.

darakchi.uz