Chet el korxonasi foydasiga 156,4 mln. so'm qarz va 8,3 mln. so'm penya undirildi

0

Samarqand shahar iqtisodiy sudining 05.10.2020 yildagi 2004/631-sonli ijro varaqasiga asosan Quva tumanida faoliyat ko'rsatib kelayotgan qarzdor “Sog'lom” xususiy firmasidan “Asklepiy” MChJ shaklidagi chet el korxonasi foydasiga 156 455 325 so'm qarzdorlik va 8 340 681 so'm penya undirish belgilangan.
Majburiy ijro byurosi Quva tuman bo'limi tomonidan qarzdor “Sog'lom” xususiy firmasi rahbari qarzdorlikni bartaraf etish haqida bir necha marotaba ogohlantirilgan bo'lishiga qaramasdan qarzdorlikni bartaraf etishni sansalorlikka solib kelgan.
Shundan so'ng majburiy ijro harakatlari o'tkazilib “Sog'lom” xususiy firmasi bank hisobraqamlariga band solingach qarzdor qarzdorlikni to'lab berishga majbur bo'lgan. Pul ko'chirish orqali 156 455 325 so'm qarz va 8 340 681 so'm penya undiruvchi “Asklepiy” MChJ shaklidagi chet el korxonasiga o'tkazib berilgan.

loading...