Gollivud yulduzi Skarlett Yoxansson ikkinchi marta farzandli bo'ladi

0

36 yashar amerikalik yulduz Skarlett Yoxansson va uning turmush o'rtog'i Kolin Jons ota-ona bo'ladi. Avvalgi turmushidan Rouz ismli qizi bo'lgan aktrisa ikkinchi marta onalik baxtini his qiladi.

Juftlikning oilasiga yaqin bo'lgan manba ular bundan juda ham xursand ekani va uzoq vaqt davomida bu yangilikni sir saqlaganini ma'lum qilgan. Skarlettning muxlislari uning yangi «Qora beva» filmi bilan bog'liq tadbirlarga tashrif buyurmay qolganiga e'tibor bergan. Bu Marvel/Disney studiyalarining yirik loyihasi ekanligi, qolaversa, nafaqat bosh qahramon rolini o'ynagani, balki ijrochi prodyuser ekanligiga qaramay, aktrisa intervyu ham bermagan, xizmat safarlarida ham ishtirok etmagan.

 

Ma'lumot uchun, aktrisa Kolin Jonsdan avval aktyor Rayan Reynolds va jurnalist Visent Espinoza bilan turmush qurgan. Espinoza bilan turmushi davomida ilk marta ona bo'lgan. Kolin Jons 2005 yildan buyon Saturday Night Live dasturining ssenariy muallifi va Weekend Update shousining hammuallifi sanaladi.

loading...