Rossiyada Misrga charter reyslari yo'lga qo'yiladi

0

Rossiyada Misr kurortlariga charter reyslar soni masalasi muhokama qilinadi. Bu haqda TASS Rossiya hukumatining muvofiqlashtiruvchi organi xabariga asoslanib yozadi.

Misr kurortlariga charter reyslar soni to'g'risida qaror yangi koronavirus infeksiyasini olib kirish va tarqalishini oldini olish bo'yicha tezkor shtab yig'ilishida muhokama qilinishi ta'kidlandi – uchrashuv natijalari keyinroq e'lon qilinadi.

Iyul oyi boshida turoperatorlar Misrga charter dasturlarini ishga tushirishga tayyorligini e'lon qilishdi. Azur Air va S7 aviakompaniyalari allaqachon Misrning kurort shaharlariga parvozlarni boshlashga tayyor ekanligi ma'lum bo'ldi.