“Barselona” akademiyasi murabbiyi David Sanches Toshkentga keldi

0

Tajribali mutaxassis O'FA majlislar zalida respublikaning turli hududlaridan kelgan futbol maktablari murabbiylariga seminar mashg'ulotlarini o'tib berdi.

Seminar davomida David Sanches yosh futbol murabbiylariga o'zining foydali tavsiyalarini berib o'tdi va ularga o'zi ishlab chiqqan futbol metodologiyasini prezentatsiya shaklida namoyish etdi.

Ma'lum qilinishicha, hamkorlik doirasida JFL-futbol maktabi tarbiyalanuvchilarining Ispaniyada tashkil etiladigan futbol akademiyalari o'rtasidagi nufuzli musobaqada ishtirok etishi rejalashtirilgan. Ispaniyada tashkil etiladigan yig'inlarda “Barselona” yoshlar jamoalari bilan nazorat o'yinlari o'tkazish ham reja qilinmoqda.

Tadbir yakunida MOQ raisining birinchi o'rinbosari, O'FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ispaniyalik mutaxassisga minnatdorchilik bildirib, muntazam hamkorlikka va amaliy mashg'ulotlar o'tkazishga taklif etdi.

 

loading...