Qashqadaryoda haydovchi qoidani buzdi, xotini janjal ko'tardi

0

​​Ijtimoiy tarmoqlarda “Qarshida stoyankada haydovchining tobi qochdi” sarlavhali Yo'l harakati xavfsizligi xodimlari ishtirokida videolavha tarqalmoqda.

Holat yuzasidan ma'lum qilamizki, joriy yilning 5 iyul kuni Qashqadaryo viloyati IIB YPX inspektori katta serjant O.Tursunov Qarshi shahar A.Temur ko'chasida Qarshi shahar Pedagogika kolleji ro'parasida piyodalar yo'lakchasi ustida O.O. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli d/r 70 A 485 NA bo'lgan avtomashina piyodalar o'tishiga xalaqit qilib turganligi uchun qoidabuzarlikni tegishili tartibda rasmiylashtirish jarayonida, avtotransport haydovchisi ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga bo'ysunmasdan, hujjatlarni taqdim etmasdan, transportda birga bo'lgan O.O.ning xotini X.Sh. va o'g'li T.S. bilan birgalikda janjal ko'tarib atrofdagilarni e'tiborini jalb qilishgan.

Ayol kishining baqiriqlariga to'plangan fuqarolar, xodimlarning faoliyatiga qarshilik ko'rsatishgan, shu jarayonda janjaldan foydalanib haydovchi avtotransportiga minib voqea joyidan yashiringan.

Hozirda janjal ishtirokchilarining barchasi aniqlanib, tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xodimlarning harakatlariga qonuniy baho berish uchun xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Shu o'rinda, qoidabuzarligini yashirish va javobgarlikdan qutulib qolish uchun o'zini jazavaga solib, provokatsilar uyushtirib, ommaning e'tiborini jalb qilish maqsadida janjal ko'tarishga harakat qilayotgan fuqarolarimizga eslatib o'tamiz – huquqbuzarlik uchun javobgarlik muqarrar!

IIV Axborot xizmati rahbari Sh.K.G'iyosov

loading...