O'zbekistonda 10 iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

0

«O'zgidromet» 10 iyul, shanba kuni qanday ob-havo kuzatilishini ma'lum qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo'ladi, vaqti-vaqti bilan o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol g'arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-25 daraja, kunduzi 34-36 daraja bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol g'arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba'zi joylarda changli bo'ron bilan 25-30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol g'arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba'zi joylarda changli bo'ron bilan 25-30 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo'ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol g'arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba'zi joylarda changli bo'ron bilan 25-30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda Shamol g'arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba'zi joylarda changli bo'ron bilan 25-30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo'ladi.

Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol g'arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba'zi joylarda changli bo'ron bilan 25-30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo'ladi.

Respublikaning tog'li hududlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol g'arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba'zida 25-30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-21 daraja, kunduzi 21-26 daraja bo'ladi.

loading...