O'zbekistonda yana 4 ballik yer qimirladi

0

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, bugun, 10 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 21:05 da Qirg'izistonda zilzila sodir bo'ldi. Zilzila koordinatalari: 40,17 gradus shimoliy kenglik; 72,16 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 276 km janubiy-sharqda.

O'zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:

Farg'ona shahrida 3-4 ball, 40 km.

Andijon shahrida 3 ball, 70 km.

 

Eslatib o'tamiz, bugun ertalab Tojikistonda sodir bo'lgan zilzila O'zbekistonning barcha hududlarida sezilgan edi.

loading...