Rossiyadagi barcha migrantlarga yagona hujjat — elektron karta beriladi. U haqida nimalar ma'lum?

0

Rossiyadagi barcha migrantlar bir dona hujjat — elektron kartani olishi kerak bo'ladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlari vazirligi e'lon qilgan loyihada so'z boradi.

Quyida ushbu loyihaning eng muhim punktlariga e'tiboringizni qaratamiz.

Loyiha Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan. U kelasi yildan ishlay boshlaydi.

Rossiya Federatsiyasida 30 kundan ortiq qolishni istagan barcha chet elliklar ushbu elektron kartani olishi talab qilinadi. Bu hatto sayyohlarga ham tegishli.

Migrantlar 30-kuni barmoq izlarini topshirishi, tibbiy ko'rikdan o'tishi (OIV va giyohvandlik yo'qligi bo'yicha) va shaxsiy guvohnoma olishi kerak.

Karta rasmiy ravishda migrantning shaxsini tasdiqlaydi. Migrant o'zi bilan birga milliy pasport olib yurishi talab etilmaydi. Karta 10 yil davomida amal qiladi. Biroq karta olinganidan so'ng, migrant Rossiya hududida 1 yil davomida bo'lmasa, karta bekor qilinadi.

Rossiya hududida bo'lishning uchta rejimi joriy etiladi: qisqa muddatli, uzoq muddatli va doimiy.

Rossiyada ketma-ket 30 kundan ortiq yoki yiliga 90 kundan ko'proq vaqt davomida yashaganda, migrant belgisi bor elektron migratsiya kartasi — qisqa muddatli yashash uchun ruxsatnomani olishi kerak.

Uzoq muddatli va doimiy yashash uchun ruxsatnoma migrantga erkin ishlash imkonini beradi.

tarjumon.uz

 

loading...