Pishloq qo'shib tayyorlanadigan sharchali sho'rva resepti

0

Oson hazm bo'ladigan sho'rvani kechki ovqatga iste'mol qilish tavsiya qilinadi.

Kerakli mahsulotlar:

 

suv — 1,5 litr;

kartoshka — 2-3 dona;

piyoz — 1 dona;

sabzi — 1 dona;

qiyma — 200-250 g;

smetana — 1 osh qoshiq;

tuz, murch;

o'simlik yog'i — 1-2 osh qoshiq;

suyuq pishloq — 100 g.

Tayyorlanish jarayoni:

 

Qozondagi qaynagan suvga uncha katta bo'lmagan kartoshkalarni solib, 10 daqiqa davomida qaynatib oling.

Piyozni mayda to'g'rang, sabzini qirg'ichdan chiqaring.

To'g'ralgan piyozning bir qismini qiymaga qo'shing, smetana, tuz va murch qo'shib aralashtiring.

Yong'oq kattaligida sharchalar yasab oling.

Qiymali sharchalarni kartoshka pishayotgan suvga solib, yana 7-8 daqiqa qaynating.

Piyozning qolgan qismini sabzi bilan qo'shib, o'simlik yog'i solingan tovada 4-5 daqiqa pishirib oling.

Sabzavotli aralashmaga sal o'tib 2-3 osh qoshiq suyuq pishloq qo'shing, yaxshilab aralashtiring.

Yana biroz qaynaganidan keyin olovni o'chiring.

Dasturxonga tortishdan avval ko'katlar bilan bezang.

loading...