Tez va oson

0

Istalgan go'shtli ovqat va garnir bilan qo'shib yeyish mumkin bo'lgan salat resepti bilan tanishing.

 

Kerakli mahsulotlar:

 

piyoz — 1 dona;

baqlajon — 1 dona;

bulg'ori qalampiri — 1 dona;

pomidor — 1 dona;

o'simlik yog'i — 2 osh qoshiq;

petrushka;

sarimsoq piyoz — 2 dona;

tuz, murch.

Tayyorlanish jarayoni:

 

Sabzavotlarni to'g'rab oling.

O'simlik yog'i solingan tovada piyozni qovuring.

Piyozni olib, baqlajon va bulg'ori qalampirini 5 daqiqa davomida qovuring.

Pomidor, maydalangan sarimsoq, petrushka, tuz va murch qo'shing.

Piyozni qo'shib aralashtiring.

Aralashmani pechga mo'ljallangan maxsus idishga soling.

180 daraja qizigan pechda 30 daqiqa davomida pishirib oling.

Soviganidan keyin dasturxonga torting.

loading...