Huawei kompaniyasi o'zining mustaqil boshqariladigan velosipedini taqdim etdi

0

Huawei kompaniyasi o'zi boshqariladigan yangi transport vositasi — velosiped yaratish ustida ish olib bormoqda. Mazkur ikki g'ildirakli velosiped kattalar uchun mo'ljallangan, deb xabar beradi IXB.

Huawei’ning muhandis-ixtirochilaridan biri bo'lgan Chjixuey Szyun bu kabi g'oyaga velosipedda avariyaga uchrab, jarohat olganidan so'ng kelgan. Haydovchisiz boshqariladigan velosipedni yaratish uchun jamoaga uni butun boshli datchiklar jamlanmasidan iborat avtomatik boshqaruv tizimi, kamera va samarali apparat platformasi bilan jihozlashga to'g'ri kelgan. Bundan tashqari, muhandislar yo'ldagi vaziyatlarni qabul qiladigan va transport vositasini boshqaradigan algoritmlar jamlanmasidan foydalangan. Kamera va datchiklar to'siqlarni aniqlaydi, sun'iy intellekt texnologiyasi esa inson aralashuvisiz vaziyatga baho berish imkonini beradi.

 

Avvaliga muhandislar velosipedning avtomatlashtirilgan loyihalash tizimini modellashtirib, unga transport vositasini haydovchisiz boshqarish imkonini beradigan qator detallarni qo'shgan. Ular ikkita katta cho'tkasiz dvigatel va rulni boshqarish tizimini qo'shgan, shundan so'ng, kameraga sahnning chuqurligini aniqlaydigan datchik, akselerometr, giroskop va lazerli dalnomer o'rnatilgan. Velosipedga o'rnatilgan litiyli 6S batareya modeli taxminan 2-3 soatga yetadi, asosiy hisoblash blokida Huawei Ascend 310 protsessoridan foydalanilgan bo'lib, u o'rindiq ostida joylashgan.

Shuningdek, velosiped muvozanatni ta'minlovchi tizim bilan ham jihozlangan bo'lib, u yo'llardagi kichik og'ishlarga oid ma'lumotlarni ham qayta ishlaydi, orqa g'ildirak esa tepkilarsiz to'g'ridan-to'g'ri motor orqali aylantiriladi.

 

Velosiped hozirda test jarayonlaridan o'tib bo'lgan, ixtirochilar uning ishlay olishini tasdiqlagan.

loading...