Tetiklashtiruvchi choy

0

Asal va laymning xushbo'y uyg'unligi bilan mashhur bo'lgan tetiklantiruvchi ichimlik issiq kunlarda ayni muddao.

 

Kerakli mahsulotlar:

 

ko'k choy — 2 qadoq;

suv — 1 stakan;

asal — 3,5 osh qoshiq;

laym sharbati —4,5 osh qoshiq;

muz bo'laklari.

Tayyorlanish jarayoni:

 

Choy qadoqlarini qaynoq suvga solib, 3-5 daqiqaga damlab qo'ying.

Qadoqlarni olib tashlab, asal qo'shing va yana 10 daqiqaga qoldiring.

Laym sharbatini qo'shib aralashtiring. Stakanga muz bo'laklarini solib, ustidan choyni quying.

loading...