Toshkentda bir guruh maktab o'quvchilari ijtimoiy tarmoqlarda g'ururi kamsitilgani uchun ommaviy mushtlashuv sodir etmoqchi bo'ldi

0

Shu yil 10 iyul kuni soat 20.30 larda poytaxtning Mirobod tumanida bir guruh yoshlar to'plangan.

Voqea joyiga yetib borgan huquq tartibot organlari xodimlarining ma'lumotiga ko'ra, 8,9, va 11 sinf o'quvchilari Shaxrisabz va Istiqlol ko'chalari kesishmasida to'plangan. Keyinchalik aniqlik kiritilishicha, ular yig'ilganlarning birining sha'ni va qadr-qimmati ijtimoiy tarmoqlarda kamsitilgani uchun yig'ilgan bo'lgan.

Poytaxt IIBB xodimlari ularni IIB binosiga olib borgan va yig'ilgan yoshlarning ota-onasini chaqirib, profilaktik suhbat o'tkazgan. Ushbu hodisa yuzasidan tekshiruv davom etayotgani ma'lum qilindi.

loading...