Tovuq filesi va makarondan bir zumda tayyor bo'ladigan mazali taom

0

Taomni barra sabzavotlardan tayyorlangan salat bilan iste'mol qilish tavsiya qilinadi.

 

Kerakli mahsulotlar:

 

tovuq filesi — 400 g;

piyoz — 1 dona;

sabzi — 1 dona;

o'simlik yog'i — 1 dona;

tuz, murch va boshqa ziravorlar;

toma pastasi — 4 osh qoshiq;

makaron — 300 g;

suv — 500 g.

Tayyorlanish jarayoni:

 

Tovuq filesini uncha katta bo'lmagan kubik shaklida to'g'rang.

Piyozni ham mayda to'g'rang, sabzini qirg'ichdan chiqaring.

O'simlik yog'i solingan tovada piyozni qovurib oling keyin sabzi qo'shib pishirishda davom eting.

Tuz, murch va boshqa ziravorlarni tomat pastasiga qo'shib aralashtirishda davom eting.

Ziravorli aralashmani tovadagi ziravorlarga qo'shib aralashtiring, 7-10 daqiqa qopqog'ini yopib pishiring.

Makaron qo'shing, ustidan suv solib 10 daqiqa pishirib oling.

Dasturxonga tortishdan avval qirg'ichdan chiqarilgan pishloq va ko'katlar bilan bezang.

loading...