Qovoqchaga sarimsoq va smetana qo'shib mazali omlet tayyorlaymiz

0

Nafaqat issiq, balki sovuq holida, shuningdek, istalgan sous bilan qo'shib iste'mol qilsa bo'ladigan omlet reseptini e'tiboringizga havola qilamiz.

 

Kerakli mahsulotlar:

 

qovoqcha (kabachka) — 1 dona;

tuxum — 3 dona;

smetana — 1 osh qoshiq;

murch, tuz;

o'simlik yog'i — 1 osh qoshiq;

sarimsoq piyoz — 1 dona.

Tayyorlanish jarayoni:

 

Qovoqchani 1 santimetrdan katta bo'lmagan qalinlikda kesib chiqing.

Tuz seping va 10 daqiqaga qoldiring, ajralgan suvini to'kib qog'oz sochiqda quriting.

Tuxumga, smetana, tuz va murch qo'shib sanchiq yordamida aralashtiring.

O'simlik yog'i solingan tovada qovoqchaning har ikki tarafini qovurib oling.

Maydalangan sarimsoq seping, tuxumli aralashmani solib 7-8 daqiqa davomida pishirib oling.

Ko'katlar bilan, shuningdek, qirg'ichdan chiqarilgan pishloq bilan ham bezasangiz bo'ladi.

loading...