Mikrobiolog olim 93 yoshida vafot etdi

0

Mikrobiologiya sohasida yetakchi olim Mahmud Zakirovich Zakirov  93 yoshida vafot etdi. Bu haqda Inovatsion rivojlanish vazirligi ma'lum qildi.

M.Z.Zakirov O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutida «Mikroorganizmlar fermentlari» laboratoriyasining faol tashkilotchilaridan biri bo'lgan va uzoq yillar mobaynida ushbu laboratoriyani boshqargan. Yetakchi amaliyotchi, mohir ustoz va murabbiy olim M.Zakirov bakteriya va zamburug'larning turli ferment tizimlarini o'rganish, tavsiflash, ulardan xalq xo'jaligi va sanoatda  keng foydalanish sohasiga ulkan hissa qo'shgan.

Innovatsion rivojlanish vazirligi jamoasi va rahbariyati M.Z.Zakirovning vafoti munosabati bilan uning yaqinlari va hamkasblariga chuqur hamdardlik bildirmoqda.

loading...