Bojxonachilar 405,9 million so'mlik uyali telefonlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo'ydi

0

Tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanuvini oldini olish yuzasidan bojxona organlari tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.

O'tkazilgan navbatdagi tadbir davomida, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo'limi xodimlari IIB xodimlari bilan hamkorlikda fuqaro B.I. boshqaruvidagi “Kobalt”  rusumli avtotransport vositasini Yangihayot tumani hududida to'xtatib, ko'zdan kechirishdi.

Natijada avtotransport vositasining tom qismidagi yukxonada
5 dona korobkalarga joylashtirilgan xorijda ishlab chiqarilgan, Respublikamizga qonuniy olib kirilganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo'lmagan, umumiy qiymati 405,9 mln. so'mlik 151 dona “Redmi” va “Samsung” rusumli uyali telefon vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

loading...