Mast erkak tanishini pichoqlab o'ldirdi

0

Joriy yil, 15 iyul kuni Kogon tumanining O'rtacho'l mahallasida yashovchi, 1966 yilda tug'ilgan H. J. mahalladoshi B. S. va Buxoro tumani Sheyxoncha mahallasida yashovchi 1966 yilda tug'ilgan O'. A. bilan birgalikda spirtli ichimlik iste'mol qilib, kelishmovchilik natijasida janjalashib qolishgan. H. J. mast holatda O'. A.ning turli joylariga oshxona pichog'ini sanchib, unga og'ir tan jarohati yetkazishi oqibatda jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qotillik) jinoyat ishi qo'zg'atilib, ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llangan.

loading...