Aholining 60-70 foizida immunitet shakllantirmas ekanmiz, vaziyatga ijobiy ta'sir qilish imkonsiz – Nurmat Otabekov

0

Bugun, 18 iyul kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o'rinbosari Nurmat ATABEKOV yurtimizdagi vaksinatsiya jarayonlariga kiritilgan eng so'nggi o'zgarishlar haqida «O'zbekiston 24» telekanalida intervyu berdi.

Unga ko'ra, 12 iyuldan keyin O'zbekiston koronavirus kasallik ko'rsatkichida yana ko'tarilish kuzatilmoqda.

» – Har kuni yuzlab, minglab odamlar shifoxonaga tushyapti. Afsuski shifoxonada davolanayotgan orasida hayotdan ko'z yumganlar ham bor.  

Bunday vaziyatda dunyo e'tirof etayotgan pandemiya, epidemiyaga qarshi kurashishning yagona yo'li – emlash hisoblanadi. Aholining 60-70 foizida jamoaviy immunitet shakllantirmas ekanmiz, vaziyatga ijobiy ta'sir qilish imkonsiz.

1 sentyabrgacha 18 yoshdan yuqorilarni ommaviy emlash tadbirlari boshlanadi. 1-bosqich 1-sentyabrgacha; 2-bosqich 1-oktyabrgacha va 3-bosqich 1-noyabrgacha amalga oshiriladi», – dedi Nurmat ATABEKOV.

 

loading...