AQShda otishma: 2 kishi o'ldi, 4 kishi yarador

0

Amerikaning Sakramento shahrida yuz bergan otishma natijasida ikki kishi halok bo'ldi va yana to'rt kishi yaralandi, deya xabar beradi mahalliy politsiya boshqarmasi.

Ta'kidlanishicha, hodisa juma kuni mahalliy vaqt bilan 23.45 da (shanba kuni Toshkent vaqti bilan 11.45) sodir bo'lgan. Hodisa joyidan bir nechta o'qotar qurollar topilgan.

«Ikki kishining o'limi haqida xabar berilgan. Hayot uchun xavfli bo'lmagan jarohatlar bilan yana to'rt nafar jabrlanuvchiga mahalliy shifoxonalarda tibbiy yordam ko'rsatildi», deyiladi politsiyaning Facebook ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Ta'kidlanishicha, otishma sabablari noma'lum. Biroq, politsiya otishmani keltirib chiqargan ikki guruh o'rtasida to'qnashuv bo'lishi mumkin deb taxmin qilmoqda. Ayni paytda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari gumonlanuvchilar haqida ma'lumotga ega emaslar.

tass.ru 

 

loading...