Jizzaxda hamshira o'quvchi qizning qovurg'alari sinishiga sababchi bo'ldi

0

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Xayrobod” mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi, tibbiyot muassasasi hamshirasi S.A. mahalla hududida boshqaruvidagi “Cobalt” bilan o'rta umumta'lim maktabining 11-sinf o'quvchisini urib yubordi.

Xayrobod mahallasida yashovchi jabrlanuvchi qiz bir necha qovurg'alari sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o'tkazilmoqda.

loading...