Keyn «Manchester Siti»ga emas, «Chelsi»ga o'tishi mumkin

0

«Tottenxem» hujumchisi Xarri Keynning kelajagi noaniq bo'lib qolmoqda, deb yozadi The Athletic.

27 yoshli futbolchi jamoasini o'zgartirishga qat'iy qaror qildi, ammo hech bir klub «sporlar»ning moliyaviy talablarini qondirishga tayyor emas.

Shu munosabat bilan, bitimga boshqa o'yinchilarni kiritish imkoniyatlari ko'rib chiqilishi mumkin. Bunday vaziyatda «Chelsi» «Manchester Siti»dan yaxshiroq holatda.

Gap shundaki, «ko'klar» Temmi Abraxamni taklif qilishga tayyor, uning nomzodi «Tottenxem»ni to'liq qoniqtirmoqda. «Shaharliklar» o'z navbatida Rahim Sterlingni Londonga jo'natmoqchi, ammo poytaxt klubi uning maoshini to'lashga qodir emas.

loading...