Oltinko'l tumanida «MAN» yuk avtomobili «Kobalt» bilan to'qnashib ketdi

0

Joriy yilning 16 iyul kuni soat 12:45larda Andijon viloyati, Oltinko'l tumani, «Sadda» MFY hududida haydovchi, 2000 y.t. B.B. «MAN» rusumli yuk avtomobilini boshqarib kelayotgan vaqtda yo'l chetida to'xtab turgan «Kobalt» rusumli avtomobilga to'qnashib  yo'l-transport hodisasini sodir etgan. Bu haqda Andijon viloyati IIB Axborot xizmati ma'lumot berdi.

To'qnashuv oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo'q. Transport vositalariga zarar yetgan.

Mazkur  yo'l-transport hodisasi yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

loading...