Chiroqchida YTH oqibatida 3 nafar yo'lovchi vafot etdi

0

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida ikki Nexia ishtirokida yuz bergan YTH oqibatida bir xonadondan ikki kishi — ona va o'g'il, kkinchi avtomashinadan ham bir inson, umumiy 3 nafar yo'lovchi vafot etdi. Bu haqda Zamon informatsion dasturi xabar bermoqda.

Hodisa 12 iyul kuni soat 09:20 lar atrofida Chiroqchi tumani hududidan o'tgan Yettitom-Qarshi yo'lining 53-kilometrida sodir bo'lgan.

Ushbu yo'lda harakatlanib ketayotgan Nexia-1 haydovchisi boshqaruvni yo'qotib, o'z yo'nalishida harakatlanib ketayotgan Nexia-2 bilan to'qnashgan.

loading...