Murod Xonto'rayevning o'limiga sabab bo'lgan hodisa haqida rasmiy ma'lumot berildi

0

Avvalroq MMA jangchisi Murod Xonto'rayev YTH oqibatida 34 yoshida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 19 iyul kuni soat 11:30 larda, Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumani hududidan o'tuvchi 4R-12 avtomobil yo'lining 68-kilometrida bir yo'nalishda harakatlanib ketayotgan  «Lacetti» hamda «BMW X5» rusumli avtomobillar ishtirokida to'qnashuv sodir bo'lgan. To'qnashuv oqibatida «BMW X5» rusumli avtomobil yo'ldan chiqib ketib ag'darilgan.

Natijada, «BMW X5» rusumli avtomobil haydovchisi, 1987 yilda tug'ilgan Murod Xonto'rayev voqea joyida vafot etgan va ushbu avtomobil yo'lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Bo'stonliq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

loading...