MUShAKLARIM KATTA BO'LSIN DESANGIZ…

0
Aksariyat erkaklar qo'llari baquvvat va kuchli bo'lishini istashadi. Bu borada xatoga yo'l qo'ymaslik uchun quyidagi maslahatlarga amal qilsangiz, ziyon qilmaydi:
– Buning uchun faqat qo'l mushaklarining o'zinigina mashq qildirish yetarli emas. Odatda butun tanasini chiniqtirgan sportchilarda qo'l mushaklari katta bo'ladi. Shuning uchun qo'l mushaklariga urg'u bergan hol-da tananing boshqa a'zolarini ham unutmaslik kerak.
– Mushaklar ham dam olishi kerak. Shuning uchun tinimsiz shug'ullanish foyda bermaydi. Yaxshisi, haftasiga ikki-uch marta shug'ullaning. Qolgan kunlar esa ularga kuch to'plash uchun imkon bering.
– Yuk tortish, brusda mashqlar bajarish qo'l mushaklarining o'sishiga ko'maklashadi.
-Qo'l mushaklari uchun boks xaltalari ham foydali. Alohida zarbalar va kombinatsiyalar qo'llaringizni baquvvat qiladi va tezlik reaksiyasini oshiradi. Bundan tashqari mazkur mashqlar o'zingizga ishonchni oshiradi va favqulodda holatlarda o'zingizni yo'qotib qo'ymasligingizni ta'minlaydi.
SOG’LOM HAYOT
loading...