Otabek Umarov: «Joying jannatda bo'lsin, chempion»

0

Otabek Umarov bugun vafot etgan marhum sportchi, do'sti Murod Xonto'rayevning yaqinlariga ta'ziyanoma yo'lladi.

«Bugun, muqaddas ayyom arafasida o'zbek sporti og'ir judolikka duch keldi: do'stimiz Murod Xonto'rayev bevaqt vafot etdi. Yaqinlari o'g'lidan, turmush o'rtog'idan, otasidan ayrilishdi. Jangchilar ustozsiz qolishdi, MMA Assotsiatsiyasi yetakchilardan birini yo'qotdi. Millionlab odamlarning qalblaridagi kabi mening qalbimda ham sen mardlik va qat'iyatlik namunasi bo'lib abadiy qolasan. Oz vaqt yashading, lekin ko'plarni ilhomlantirishga muvaffaq bo'lding. Qodir Alloh sabring uchun mukofotlasin, birodarim. Joying jannatda bo'lsin, chempion!», deb yozdi Otabek Umarov.

loading...