«Sezon» hamon davom etmoqda

0

Toshkent viloyati va shahrida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o'qishga kiritib qo'yishni va'da qilgan firibgarlar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tumani bo'limi tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o'rganuvchi-o'qituvchisi I.B. fuqaro R.ni 7 000 AQSh dollari evaziga yuqori lavozimida ishlovchi tanishlari orqali ushbu universitetga o'qishga kiritib qo'yishga ishontirib, oldindan 3 500 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Uchtepa tumani bo'limlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent davlat agrar universiteti sport klubi murabbiyi S.A. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro Sh.ni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali o'qishga kiritib qo'yish evaziga 4 200 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

Hurmatli ota-onalar va abiturientlar!

Bugungi kunda, Respublikamizda mavjud 141 ta oliy ta'lim muassasalarining barchasiga onlayn hujjat topshirish va o'qishga kirish borasida keng imkoniyatlar yaratilgan bo'lib, ya'ni har bir abiturient bir vaqtning o'zida mos ta'lim yo'nalishi bo'yicha 5 tagacha OTM larga hujjat topshirishi, shu bilan birga kirish imtihonlaridan yetarlicha ball to'plolmagan taqdirda kontrakt yoki oshirilgan kontrakt to'lovlarini amalga oshirish orqali ham talaba bo'lish imkoniyati yaratilgan.

Shunday ekan, oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirishda, o'qishga kirishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida harakat qilishingizni, firibgarlar tuzog'idan ehtiyot bo'lishingizni so'rab qolamiz.

 

loading...