Surxondaryoda mezbon o'z mehmonining pullarini o'g'irladi

0

9 iyun kuni, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi, J.Lochin tuman IIBga jinoyat ishi yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma'lum qildi.

Fuqaro o'z arizasida 8 iyundan 9 iyun kuniga o'tar kechasi, Termiz tumani “Yangiobod” mahallasida yashovchi, Sh.Elyoraning yashash uyiga mehmonga borganida, uning uyida “Redmi note 8” rusumli qo'l telefoni qolib ketganligini va Sh.Elyora 9 iyun kuni soat 16.30 da, ushbu “Redmi note 8” rusumli qo'l telefonidagi “Click” dasturi orqali 400.000 so'm pulini yechib olganligini ma'lum qilgan.

4 iyul kuni Sh.Elyoraga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

loading...