Terrorchilik guruhi a'zosi qidirilmoqda

0

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1552-, 2442-moddalari bilan qo'zg'atilgan jinoyat ishi doirasida – 1970 yilda tug'ilgan Tadjiboyev Alisher Muxitdinovich qidirilmoqda. Bu haqda IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi ma'lum qildi.

A.Tadjiboyev Suriya Arab Respublikasida faoliyat olib borayotgan «Katibatul Tavxid val Jixod» terrorchilik guruhi tarkibida mahalliy hukumat qo'shinlariga qarshi janglarda qatnashib kelmoqda.

Mazkur shaxs haqida biror bir ma'lumotga ega bo'lgan yurtdoshlarimiz hududiy ichki ishlar organlari yoki 102 raqami orqali xabar berishlarini so'raymiz.

loading...