Vaziyat og'ir! Rekord yana yangilandi

0

Kecha yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni qariyb 600 nafarga, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa qariyb 500 nafarga yetdi, 5 nafar bemor vafot etdi.

2021 yil 18 iyul holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 119973 (+585) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

50 nafari Qoraqalpog'iston Respublikasida,
18 nafari Andijon viloyatida,
15 nafari Buxoro viloyatida,
63 nafari Jizzax viloyatida,
18 nafari Qashqadaryo viloyatida,
12 nafari Navoiy viloyatida,
35 nafari Namangan viloyatida,
56 nafari Samarqand viloyatida,
25 nafari Sirdaryo viloyatida,
59 nafari Surxondaryo viloyatida,
42 nafari Farg'ona viloyatida,
14 nafari Xorazm viloyatida,
61 nafari Toshkent viloyatida,
117 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 462 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kasallikdan sog'ayganlar jami 114865 (+562) nafarga yetdi va sog'ayish ko'rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 801 nafarni tashkil qildi.

loading...