Ayni paytda Kosonsoyda kuchli yomg'ir yog'moqda. FVB yana sel kelishidan ogohlantirmoqda

0

Ayni paytda Namangan viloyati Kosonsoy tumani shimoliy qo'shni Qirg'iziston Respublikasi Jalolobod tumani Olabuqa tumani hududlarida kuchli jala yog'inlar yog'moqda. Bu haqda Namangan viloyati FVB xabar bermoqda.

Kosonsoy soyida  yaqin vaqtlar ichida suv sathi ko'tarilib, SEL kelishi mumkin.

«Hurmatli fuqarolar, Soy mintaqa zonalarida ehtiyot choralarini ko'rishingizni so'raymiz», – deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, 13 iyul kuni Kosonsoy tumanining Qirg'iziston bilan chegaradosh xududida soat taxminan 13:30 larda qisqa muddatli kuchli yomg'ir yog'ib, Kosonsoy soyiga sel kelgan. Natijada 8 kishi halok bo'ldi, 6 kishi jarohatlangan. Sal avval yana bir 7 yoshli bolaning jasadi topiligan edi va umumiy qurbonlar soni 9 nafarga yetgan.

loading...