Bugun O'zbekistonda 43 daraja issiq bo'ladi

0

O'zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko'ra, bugun kunduz kuni O'zbekistonda havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg'ona vodiysi viloyatlarida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 34-39°, shimolda va cho'l hududlarda 41-43° atrofida bo'lishi saqlanib turadi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo'ladi, vaqti-vaqti bilan o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 36-38° ni tashkil etadi.

Tog'li hududlarda havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-30° bo'ladi.

loading...