​SSV: Yurtimizda 1 023 425 nafar fuqaro koronavirusga qarshi to'liq emlandi

0

19 iyulda mamlakatimiz hududlari bo'ylab 158 102 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo'llanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 123 947 nafarni,

2-bosqich emlanganlar 18 723 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 15 432 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 5 803 255 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 3 667 979 nafarni,

2-bosqichda emlanganlar 1 553 512 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 581 764 nafarni tashkil qildi.

Shu kungacha to'liq emlangan fuqarolar 1 023 425 nafarni tashkil qilmoqda.

19 iyul kunidagi emlash ko'rsatkichlari bo'yicha yuqori o'rinlarni:

Namangan viloyati (24 953 doza),

Farg'ona viloyati (24 669 doza),

Navoiy viloyati (16 255 doza) band qildi.

Jami emlashlar bo'yicha yuqori ko'rsatkichlar:

Farg'ona viloyatida 755 389 doza,

Namangan viloyatida 752 077 doza,
Andijon viloyatida 642 815 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

loading...