Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo'ldi

0

Toshkent shahri Olmazor tumanida 5 ta avtomashina ishtirokida yo'l-transport hodisasi sodir bo'ldi. Bu haqda «Navbatchilik qismi» ko'rsatuvida ma'lum qilindi.

Olmazor tumani Toshkent halqa avtomobil yo'lida piyodani belgilanmagan joydan o'tishi oqibatida 5 ta avtomobil oraliq masofani saqlay olmay to'qnashgan. Hech bir haydovchi tan jarohati olmagan.

«Elim idish ko'targan 50 yoshli odam yo'limni kutilmaganda kesib o'tdi. Shunda qattiqroq to'xtab yubordim», — deydi Damas haydovchisi.

5 ta avtomobil — ikki Damas, Spark, «Gazel» hamda Malibu turli darajada shikastlangan.

darakchi.uz

loading...