Toshkentda erkak opa-singillarni salkam 70 ming dollarga chuv tushirdi

0

Yaqinda poytaxtimizning Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi opa singillar Gulzoda va Lobar Rahimovalar (voqea ishtirokchilarining ism-shariflari o'zgartirilgan) huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga ariza bilan murojaat etib, yordam so'raydi.

Unga ko'ra, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi Doston Ilyosov ular bilan birgalikda tijorat qilishini aytib, 69 ming 500 AQSh dollarini aldov yo'li bilan qo'lga kiritadi va pullarni o'z ehtiyoji yo'lida ishlatib yuborib, bergan va'dasini bajarmay kelayotganligini ma'lum qiladi.

Shundan so'ng, jinoyatchi qo'lga olinib, qonun hukmiga topshiriladi.

loading...