Turkiya elchisi o'zbekistonliklarni muqaddas bayram bilan tabrikladi

0

Turkiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchi janob Olgan Bekar o'zbekistonliklarni muqaddas bayram bilan tabrikladi.

» Hurmatli yurtdoshlarim, Aziz o'zbek qardoshlarim,

Bugun yana bir muqaddas bayramni nishonlash hayajonini his qilib turibmiz. Muqaddas Qurbon hayiti butun oilaning jamuljam bo'lib, fayzli dasturxon yoziladigan, qo'ni-qo'shniilar yo'qlanadigan,ijtimoiy birdamlik va sahovat fazilatlari ko'ngillarni yuksaltadigan bayramlarimizdan biridir. Hazrati Ibrohim davridan beri davom etib kelayotgan bu an'ana diniy va madaniy jihatdan bugungi kunda turk va o'zbek xalqlarini birlashtirgan umumiy nuqtalardan biridir.

Boshqa tomondan afsuslar bo'lsinkim, bu bayramni ham Kovid-19 cheklovlari qurshovida nishonlamoqdamiz. Ikki yildan ko'proq davom etayotgan pandemiyaning ta'siri hamon sog'lig'imizga xavf solib turibdi.

Shu doirada bayramlarni qanchalik yaqinlarimiz bilan diydorlashuv fursati deb bilsak-da, barcha yurtdoshlarimizni va O'zbek qardoshlarimizni ijtimoiy masofani saqlashga, xavfli guruhga kiruvchi keksa yoshdagi yaqinlarimizni yanada avaylashga chaqirib qolaman.

Shu fursatdan foydalanib, Prezidentlarimizning da'vat qilganlaridek, bu xastalikka qarsi emlanishning muhim ekanligini men ham yana bir bor eslatib o'tmoqchiman.

Qurbon bayrami bilan barchangizni samimiy muborakbod etib, qilgan qurbonlik ibodatingizning Olloh dargohida qabul bo'lishini, bu muborak ayyomning mamlakatlarimizga va butun Islom olamiga kutlug' kelishini hamda keyingi bayramlarga sog'lik-omonlikda yetishish hammamizga nasib qilishini tilab qolaman.»

loading...