Xolesterin oshib ketsa nima qilish kerak?

0

Eng avvalo, quyidagi mahsulotlardan cheklanish zarur:

Tuxum va go'sht. Tuxumning tarkibida ham yog', ham oqsil mavjud. Bu go'shtga ham tegishli. Ayniqsa, qovurilgan holatdagisida to'yingan yog'lar bisyor bo'ladi.

O'ta yog'li sut mahsulotlari ham tavsiya etilmaydi. Ular organizmda xolesterin yig'ilishini rag'batlantiradi. Pishloq, yogurt va yog'li sut ana shular toifasidandir.

Yuqori miqdorda to'yintirilgan yog'lar va ayniqsa, gidrogenlangan moylarga ega yog'lardan nafaqat foydalanishni cheklash, balki ulardan butunlay voz kechish kerak.

loading...