Qashqadaryoda erkak janjal oqibatida tanishini pichoqladi

0

Qashqadaryo viloyati G'uzor tumanida 17 iyul kuni erkak janjal oqibatida tanishini pichoqladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, 17 iyul kuni soat 16:15 da G'uzor tuman Obod MFYda yashovchi F. mahalladoshi S. bilan «Lacetti» rusumli mashinaning oldi-sotdi masalasida o'zaro janjallashib qolgan.

Janjal oqibatida S. kichik hajmli pichoqni F.ning bo'yin va qorin sohasiga sanchib olgan. Fuqaro S. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan G'uzor tumani ichki ichki ishlar bo'limi tergov bo'linmasi tomonidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.

loading...