Bayden Zelenskiy bilan uchrashuvni intiqlik bilan kutmoqda

0

Prezidentlar Jozef Bayden va Vladimir Zelenskiyning uchrashuvi 30 avgust kuni bo'lib o'tadi. Amerika rahbari ukrainalik hamkasbi bilan uchrashishni intiqlik bilan kutmoqda, dedi Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki.

«Tashrif Rossiyaning Donbass va Qrimdagi tajovuzkorligi fonida Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini AQShning beg'araz qo'llab-quvvatlashini tasdiqlaydi», dedi Psaki.

Shu bilan birga, Zelenskiyning tashrifi AQSh va Ukrainaning energiya xavfsizligi va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi yaqin hamkorligini ham tasdiqlaydi, deb xabar bermoqda «Interfaks».

Vladimir Zelenskiy, o'z navbatida, Bayden bilan uchrashuv mazmunli va samarali bo'lishiga umid qilmoqda. Bu haqda u o'zining Tvitter mikroblogida yozgan.

loading...