«Epika» 1000 AQSh dollariga sotildimi?

0

2021 yil 23 iyun kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1982 yilda tug'ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 18 aprel kuni, Chortoq tumanida yashovchi, 1985 yilda tug'ilgan fuqaroga o'ziga tegishli bo'lgan Epika rusumli avtomashinasini 7.500 AQSh dollariga kelishib sotganligini, kelishilgan pullardan 1.000 AQSh dollarini berib, qolgan 6.500 AQSh dollarini 2 oy davomida berishini aytib, mazkur avtomashinani, Chortoq tumanida yashovchi, 1989 yilda tug'ilgan fuqaroga garovga qo'yib, undan jami 50.000.000 so'mlik 5 bosh qoramol va 1 bosh otini olib, pullarini 22 iyunda berishini, garovga qo'yilgan avtomashinani qaytarib olib ketishini aytib, fuqarodan olgan 5 bosh qoramol va 1 bosh otni boshqa shaxsga jami 30.500.000 so'mga sotib yuborib, qo'lga kiritilgan pullarni o'zining shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko'rishni so'ragan.

Ushbu holat bo'yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 19 iyul kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

loading...