Insof Xudoni uyida bo'lib qoldi!..

0

Bu ahvolda rivojlanishni xayolimizga ham keltirmasak bo'laveradi. Soqol qo'yganlar haddan ziyod, ro'mol o'raganlar undanda ko'p. Biroq aldaydiganlar har ikkalasidan ham ko'p. Bozorga borsang birdan teppa soching tikka bo'ladi. Hozir ayni pishiqchilik davri. Meva cheva mo'l. Biroq shunga qaramasdan narx navoga qarasang esing ketadi. Bir kilo «Rizamat ota» uzumi qirq ming so'm. Boshqacha aytganda to'rt dollarga yaqin. Shaftolini eng arzoni yigirma ming so'm… Hayitda oshgani beri tushmadi, deydi, sotuvchi bir tuki qilt etmasdan. Aslida hayitda hamma narsani narxi tushishi kerak emasmidi. Hayitda savobdan ko'proq olish ilinjida molini mumkin qadar arzon sotish kerakmasmidi?! Nega, aynan Hayitda narx oshishi kerak! Nega?! Biz musulmonmizimi yoki… Xullas, esingiz bo'lsa shu kunlarda bozorga umuman borib o'tirmang.Shayton makoniga aylanib ketgan. O'zi aslida ham shaytonning uyi bozor, hisoblanadi. Hayit kunlarida esa shayton bozorda bir necha o'n barobarga ko'payib ketarkan…

loading...